Qiziqarli xabarlar
Braziliyalik mahbuslar velotrenajyor yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarishini bilasizmi?
  • 26.10.2022
  • 66

Braziliyaning «Santa-Rita» shahri yaqinidagi «Sapucai» qamoqxona ma'muriyati hibsdagilarni qayta tarbiyalash bo‘yicha g‘ayrioddiy dasturdan foydalanmoqda. Mahbuslar elektr energiya ishlab chiqarishga mo‘ljallangan velotrenajyorlarni haydashmoqda.

Endi braziliyalik mahbuslar kun bo‘yi kameralarida o‘tirishmasdan, balki o‘zlari va jamiyat manfaati uchun trenajyorda vaqt o‘tkazishadi. Ma'muriyat esa ishlab chiqarilgan elektr energiyasi bilan yaqin atrofdagi ko‘cha chiroqlarini quvvatlantirish ishlarini olib bormoqda.

❗️Trenajyordan foydalanilgan har bir kun evaziga mahkumning jazo muddati bir kunga qisqaradi.

 

#kunfakti

ria.ru / utro.ru / pravo.ru / e-bike.com.ua / https://utro.ru

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>