Yangiliklar
Yurtimizda ilk marta chiqindidan qattiq yoqilg‘i ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
  • 29.11.2022
  • 313

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida chiqindi mahsulotlaridan qattiq yoqilg‘i (pellet) ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi.  

Uning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 ming tonnani tashkil etadi. Zavod ishga tushishi natijasida 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Muqobil yoqilg‘i turlaridan biri hisoblangan mazkur qattiq yoqilg‘i mahsulotidan xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarini isitishda foydalaniladi.

Pellet – turli xil don ekinlarining somoni, makkajo‘xori poyasi, deyarli barcha o‘simliklarning ildizlari va barglari, yog‘ochni qayta ishlashdan chiqqan chiqindilar hamda maishiy chiqindilardan tayyorlanadi.

Zavod Energetika vazirligi va Koreya energetika agentligining hamkorlikdagi navbatdagi loyihasi bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot respublikamizda muqobil yoqilg‘i turini rivojlantirishga va energiya resurslarini tejashga xizmat qiladi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Manba: https://t.me/minenergy_uz/6454?single

▶️@minenergy_uz

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>