Qiziqarli xabarlar
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan JCh uchun 350 ta aqlli quyosh chiroqlari o‘rnatildi
  • 23.11.2022
  • 250

Dohada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 350 ta to‘liq avtonom, quyosh energiyasi bilan ishlaydigan ko‘cha chiroqlari o‘rnatildi. Ular texnik xizmat talab etmaydi va elektr tarmog‘idagi yuklanishni kamaytiradi.

Ularning minimalist ko‘rinishi diqqatga sazovordir. Hattoki tashqi mebel dizayni uchun mo‘ljallangan A? Design mukofotiga ham sazovor bo‘lishdi. Chiroqlar Texasning «EnGoPlanet» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Bundan oldin ular Nevada, Texas, Antigua va Barbudada ham o‘rnatilgan.

#quyoshenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1720

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>