Qiziqarli xabarlar
2022-yilda Osiyo mamlakatlari quyosh energiyasi tufayli qancha mablag‘ tejashdi?
  • 06.12.2022
  • 174

Xitoy, Yaponiya va Hindiston joriy yilning birinchi olti oyida qayta tiklanadigan energiyadan eng ko‘p foyda ko‘rishdi.

Umuman olganda, quyosh energiyasi Osiyoning yettita davlatiga 2022-yilning birinchi yarmida 34 milliard dollar tejashga yordam berdi. Masalan, Xitoy 21 milliard dollar, Yaponiya 5,6 milliard, Hindiston 4,2 milliard, Janubiy Koreya 1,5 milliard dollar mablag‘ tejab qolishdi.

Vetnamda bu davr mobaynida quyosh energiyasi elektr energiyasiga bo‘lgan talabning 11 %ini ta'minlab, 1,7 milliard dollarga, Janubiy Koreya 1,5 milliard dollarga, Tailand esa quyosh energiyasi tufayli neft, gaz va ko‘mir xarajatlarini 209 million dollarga kamaytirdi. Filippin xuddi shu manbalardan 78 million dollar tejab qolgan.

#quyoshenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1738

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>