Qiziqarli xabarlar
THE PARKS: Janubiy Afrikaning sharqiy qismidagi aqlli shahar
  • 12.12.2022
  • 278

Afrikaning sharqida barqaror «THE PARKS» shahri bunyod etiladi. 150 000 aholiga mo‘ljallangan shahar dunyodagi barqaror hayotning eng yuqori standartlari bilan ta'minlanadi. Yashil texnologiyalar sohasida ham 40 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi. Shaharda avtomobillar bo‘lmaydi, bu esa karbonat angidrid chiqindilarini yo‘q qiladi.

«THE PARKS» 12 ta turar-joy maydoni, ochiq fitnes markazlari, yugurish joylari va velosiped yo‘llarini o‘z ichiga oladi. Shaharning barcha avtomatlashtirilgan xizmatlari yagona intellektual tizim orqali boshqariladi.

Shu tariqa, uy-joy, tibbiyot va savdo markazlari, ta'lim, turizm va ko‘ngilochar xizmatlarni o‘z ichiga olgan nol darajadagi turmush tarzi targ‘ib qilinadi.

#buqiziq

Manba: https://t.me/clearenergy/1746

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>