Qiziqarli xabarlar
200 km/s tezlikkacha chiqa oladigan aqlli elektr skuter yaratildi
  • 14.12.2022
  • 334

Xitoy sun'iy intellekt bilan jihozlangan elektr skuterni yaratdi. Ushbu model 2,8 soniyada 100 km/s tezlikka chiqa oladi va bu tezlikning eng yuqori chegarasi emas. U maksimal 200 km/s tezlikka erisha oladi. Skuter 16,2 kVt•s quvvatga ega akkumulyatordan quvvat oladi. Siz uni bor-yo‘g‘i yarim soatda to‘liq quvvatlay olasiz va taxminan 88 km/s tezlik bilan 300 km.gacha to‘xtovsiz harakatlanasiz.

Kompaniya skuterni sun'iy intellekt va harakatlanishni kuzatish xususiyatini bajaradigan 30 dan ortiq kameralar bilan jihozlagan. Ushbu tizim shinalar bosimini tekshirishga, ko‘rinmaydigan nuqtalarni kuzatishga hamda harakatlanishni boshlash va to‘xtash vaqtida yordam beradi.

#buqiziq

Manba: https://t.me/clearenergy/1750

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>