Kasaba uyushmasi
«ENERGO-IT» filiali xodimlari taqdirlandi
  • 22.12.2022
  • 174

2022-yil 22-dekabr kuni “Energo-IT” filiali rahbariyati tomonidan, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati elektr energetika sohasida ko‘p yillik samarali mehnati, shuningdek, 2022-yil mobaynida ish jarayonida yaxshi natijalarga erishganligi uchun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan bir nechta xodimlarga «ENERGO-IT» filiali FAXRIY YORLIQ hamda TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, “Energo-IT” filiali kasaba uyushmasi tomonidan dekabr oyida o‘tkazilgan sport musobaqalari, ya’ni tennis, shaxmat va shashka o‘yinlari natijalari bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rin g‘oliblariga hamda barcha qatnashganlar uchun esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

«ENERGO-IT» filiali Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>