Qiziqarli xabarlar
Qaysi shaharlar ekologik toza Yangi yil archalar tendensiyasini qo‘llab-quvvatladi?
  • 27.12.2022
  • 258

Yangi yil bayrami arafasida dunyoning ba'zi shaharlari bayram makonlarini tashkil qilishda yashil texnologiyalarni joriy etish orqali eko-tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar.

Shunday qilib, eko-archalar Rim va Bayrutning asosiy maydonlarida hamda Qozondagi qirg‘oqqa o‘rnatildi.

Italiyada elektr gulchambarlar Yangi yil archasi yonida joylashgan quyosh panellari orqali quvvatlanadi. Livanda esa butun mamlakat aholisi tomonidan to‘plangan 80 000 plastik idishlardan yasalgan plastik Yangi yil archasi o‘rnatildi.

Qozonda Yangi yil archasi qayta ishlangan materiallardan yasaldi: 460 kilogramm sanoat chiqindilaridan tayyorlangan granulalar va aholi tomonidan qayta ishlashga topshirilgan bayram zarlaridan.

#buqiziq

Manba: https://t.me/clearenergy/1765

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>