Qiziqarli xabarlar
Xitoy dunyodagi eng kuchli shamol turbinasini qurmoqda
  • 06.01.2023
  • 423

Sharqiy Xitoyning Futszyan provinsiyasida dunyodagi eng katta quvvat zichligiga ega dengizda shamol turbinasi qurildi. U 146 metrli markaziy o‘qqa ega va quvvat zichligi 16 megavattni tashkil etadi.

Eng yuqori shamol tezligida turbina to‘liq aylanmadan keyin 34,2 kVt•s energiya ishlab chiqarishi mumkin. Yillik elektr energiya ishlab chiqarish esa 66 mln.kVt•s. Bu ko‘rsatgich 36 ming xonadonning talabini qoplaydi.

Stansiyaning ishga tushirilishi 22 ming tonna ko‘mirni tejash va atmosferaga karbonat angidrid gazini chiqarishni 54 ming tonnaga kamaytirish imkonini beradi.

#shamolenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1782

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>