Qiziqarli xabarlar
O‘zbekiston 2030-yilga borib mamlakat elektr energiyasining 30 %ini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
  • 10.01.2023
  • 342

Quyosh energiyasidan foydalanish asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun xalqaro xususiy investorlar jalb qilinadi. Bugungi kunga qadar quyosh energetikasida umumiy quvvati 1000 MVt quvvatdan ortiq bo‘lgan loyihalar amalga oshirilgan, 800 MVt quvvatga ega loyihalar esa xalqaro tashkilotlar ko‘magida tashkil etilayotgan tenderlar bosqichida.

Mamlakatdagi ilk quyosh stansiyalaridan biri bo‘lgan «Tutli» stansiyasi fransuz kompaniyasi tomonidan to‘liq ishlab chiqildi. U Samarqanddan 100 kilometr g‘arbda joylashgan bo‘lib, yiliga qariyb 270 ming kVt•s energiya ishlab chiqaradi va 140 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta'minlaydi. Xorijiy sarmoyalarning umumiy hajmi qariyb 100 million yevroni tashkil etadi.

 #O‘zbekiston #quyoshenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1786

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>