Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Bunday holat kuzatilishi yuzasidan tashkilotingiz qanday bahona bilan o‘zining mas'uliyatsizligini izohlashi menga qiziq...»
  • 11.01.2023
  • 216

Murojaat egasi: Xodjayeva Mastura, Toshkent shahri

Elektron pochta: miraliyev.a.01@mail.ru

Murojaat mazmuni: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sag‘bon 15-tor ko‘chasi 29-B uyda, 10.01.2023-yilda “anomalniy” sovuq kunlarda, soat 16:40 atrofida elektr energiyasi uzib qo‘yilganidan noroziman. 339 ming so‘m “predoplatam” bo‘la turib, har safar shubhali tarzda “shaxmatniy” o‘chirilishiga izoh berilishini talab qilaman. OAV orqali hisobot berilishini so‘rayman. Nega aynan mening manzilimda doimiy ravishda, surunkali tarzda o‘chiriladi. Bunday holat kuzatilishi yuzasidan tashkilotingiz qanday bahona bilan o‘zining mas'uliyatsizligini izohlashi menga qiziq... Oradan 4 soat o‘tdi. Elektr ta'minoti tiklanmadi. 1154 qo‘ng‘iroq qilib 24 daqiqada tusholdim. Biroq murojaatni yozib olmadi. 1055 telegram kanalda ariza qoldirmoqchi edim. Brigada ishlashvotganmish. Isbotlab beringlar, aynan qayerda nima bo‘ldi? Va qaysi soatda qaysi brigada nima ish qildi? Man aniq faktlar asosida javob kutaman...

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Mastura Xodjayeva, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas’ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA’LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste’molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/16806     

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Ma'lumot o‘rnida: Iste’molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste’molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

 ⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Ma'lumot o‘rnida: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Iste'molchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

• Call centre: 1154

• Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>