Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Magistraturani tugatganman. 4 oy elektrik bo‘lib, 3 yil muhandis bo‘lib, 8 oy usta bo‘lib ishlaganman...”
  • 16.01.2023
  • 618

Murojaat egasi: Ro‘ziyev Fazliddin Faxriddin o‘g‘li, Buxoro viloyati.

Elektron pochtafrenzy3500@gmail.com

Murojaat mazmuni: Men “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ishga kirmoqchi edim. Oliy ma’lumotliman. BuxMRIni tugatganman. Magistraturani tugatganman. 4 oy elektrik bo‘lib, 3 yil muhandis bo‘lib, 8 oy usta bo‘lib ishlaganman. Ishga kirishim uchun qanday hujjat tayyorlab va qayerga topshirishim kerak?

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Fazliddin Faxriddin o‘g‘li! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Murojaatingizga javob o‘rnida, sizga shuni ma'lum qilamizki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining kadr_nes@ uzbekistonmet.uz;  info@uzbekistonmet.uz elektron pochtalari orqali tegishli hujjatlaringizni, qaysi bo‘sh ish o‘rniga ishga kirish uchun yuborayotganingizni belgilab (shu bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilish uchun qo‘yilgan talablarga muvofiq kelishingizni bilgan holda) yuborgan bo‘lsangiz, u albatta Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Ma’lumot o‘rnida: «Onlayn rezyume» https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume.

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochtakadr_nes@uzbekistonmet.uzinfo@uzbekistonmet.uz

Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi dan murojaat: Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, nomzodlar oliy ta'lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-ob'ektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma'lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma'lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma'qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi.

Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

Ma'lum bir bo‘sh o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar suhbatga chaqirilayotgani (sanasi va vaqti) Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy-veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e'lon qilib borilmoqda. E’tiborli bo‘ling va ijtimoiy tarmoq sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang!

⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25

 

Ma'lumot o‘rnida: Aksiyadorlik  jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 9 ta rukn, 47 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil ma'lumotlar joylashtirilgan infografika ma’lumotnomasi mavjud.

Magistral elektr tarmoqlari filiallari haqidagi ma'lumotlar (filial manzili, asosiy ish faoliyati, bog‘lanish uchun telefon raqamlari, filial rahbarining ism-sharifi) xarita shaklidagi infografikaga joylashtirilgan.

Axborot xizmatidan tavsiya: Hurmatli fuqaro Fazliddin Faxriddin o‘g‘li! Mutaxassisligingiz bo‘yicha ishga kirishdan oldin o‘zbek tilidagi imlo va uslubiy xatolar ustidan biroz ishlashingiz zarurligi tavsiya etiladi.

1) “O‘zvekiston milliy elektr tarmoqlariga” ga emas “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga;

2) “Bux MRI ni” — oliy o‘quv yurtining nomi to‘liq yozilishi kerak;

3) “injiner” emas, “injener” yoki “muhandis”;

4) “master” so‘zi o‘rniga “usta”so‘zini qo‘llagan ma’qul;

5) “xujjat” emas, “hujjat” va hokazolar...

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>