Yangiliklar
Turdosh tashkilotdagi hamkasblarimizga amaliy ko‘mak berildi
  • 20.01.2023
  • 350

❄️ Yurtimizda ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida iste'molchilarning elektr ta'minotida birmuncha noqulayliklar yuzaga kelgani rost. Ayniqsa poytaxt tumanlarida gaz bosimining kamayishi oqibatida elektr tarmoqlariga tushgan yuklama qator nosozliklarni keltirib chiqardi.

⚡️ Yuqoridagilarni inobatga olib,  "Toshkent shahar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tasarrufidagi ob'ektlarning elektr ta'minotidagi nosozliklarini bartaraf etilishida amaliy ko‘mak berish maqsadida, "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filialida 7 ta avariyani bartaraf etish brigadasi tuzildi. Brigadalar asbob-uskunalar bilan jihozlantirilib, 9 ta maxsus texnika (jami 30 nafardan ortiq ishchi-xodimlar)  joriy yilning 18 yanvarida  poytaxtning Chilonzor tumaniga safarbar etildi.

 Bugungi kunda olib borilgan ishlar natijasida 10 dan ortiq ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi 530 dan ortiq aholi iste'molchilarining elektr ta'minoti tiklandi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>