Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Nishon elektr tarmoqlariga ishga kirmoqchiman. Amaliy yordam berishlaringizni so‘rayman...»
  • 23.01.2023
  • 392

Murojaat egasi: Xo‘jamuratov Jonibek Sayim o‘g‘li, Qashqadaryo viloyati.

Elektron pochta: jonni96hukumdor@gmail.com

Murojaat mazmuni: Sirtdan o‘qiyman, 3 kursda. Nishon elektr tarmoqlariga ishga kirmoqchiman. Amaliy yordam berishlaringizni so‘rayman.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Jonibek Sayim o‘g‘li! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Murojaatingizga javob o‘rnida, sizga shuni ma'lum qilamizki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining filiali Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida mavjud emas. «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialining ma'muriy binosi Qarshi shahrida joylashgan bo‘lib, asosan yuqori kuchlanishli podstansiya va elektr tarmoqlarining ekspluatatsiya jarayoni bilan shug‘ullanadi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining kadr_nes@ uzbekistonmet.uz;  info@uzbekistonmet.uz elektron pochtalari orqali tegishli hujjatlaringizni, qaysi bo‘sh ish o‘rniga ishga kirish uchun yuborayotganingizni belgilab (shu bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilish uchun qo‘yilgan talablarga muvofiq kelishingizni bilgan holda) yuborgan bo‘lsangiz, u albatta Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Ma'lumot o‘rnida: «Onlayn rezyume» https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume.

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz;  info@uzbekistonmet.uz.

Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi dan murojaat: Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, nomzodlar oliy ta'lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma’lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma'lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma'qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi.

Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

Ma’lum bir bo‘sh o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar suhbatga chaqirilayotgani (sanasi va vaqti) Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy-veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e’lon qilib borilmoqda. E’tiborli bo‘ling va ijtimoiy tarmoq sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang!

⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25  

Ma'lumot o‘rnida: Aksiyadorlik  jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 9 ta rukn, 47 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil ma'lumotlar joylashtirilgan infografika ma'lumotnomasi mavjud.

Magistral elektr tarmoqlari filiallari haqidagi ma'lumotlar (filial manzili, asosiy ish faoliyati, bog‘lanish uchun telefon raqamlari, filial rahbarining ism-sharifi) xarita shaklidagi infografikaga joylashtirilgan.

Axborot xizmatidan tavsiya: Hurmatli fuqaro Jonibek Sayim o‘g‘li! Mutaxassisligingiz bo‘yicha ishga kirishdan oldin O‘zbekiston energetika sohasi, elektr energetika tarmog‘ida qanday tashkilotlar faoliyat yuritishi va ularning asosiy vazifalari nimadan iborat ekanligini o‘rganib-bilib oling.

Qashqadaryo viloyati, Nishon tumanida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufida bo‘lgan, «QASHQADARYO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ tarkibidagi tuman elektr tarmoqlari korxonasi mavjud.

 het.uz – rasmiy veb-sayti

 Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

 Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

 Call centre: 1154

«QASHQADARYO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ: Qashqadaryo viloyati, Qarshi sh., A. Navoiy shox ko‘chasi, 1-uy. 

(0375) 221-19-46; (0375) 221-16-88; www.kashenergo.uz

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>