Yangiliklar
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish tiklanishi rejalashtirilmoqda
  • 23.01.2023
  • 327

Joriy yil 25-yanvar sanadan boshlab O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish qayta tiklanishi rejalashtirilmoqda.

 Joriy yilning 14-yanvar sanasidan respublikamiz hududida havo haroratining keskin pasayishi oqibatida issiqlik elektr stansiyalarida yoqilg‘i ta’minotida vujudga kelgan muammolar, ya’ni yog‘ilg‘i tanqisligi va turli nosozliklar paydo bo‘lgani, shuningdek, respublika iste'molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatilgan edi. Ushbu fors-major holati  haqida Afg‘oniston energetika tashkiloti ogohlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va ichki iste’molga mo‘ljallangan elektr energiyasi eksportga yo‘naltirmaydi. Hukumatlararo kelishuvga muvofiq amalga oshiriladigan elektr energiyasi import amaliyotining bir qismi Afg‘onistonga (imzolangan shartnomalarga muvofiq) eksport qilinadi.

Elektr energiyasi eskporti va importi bo‘limi

https://t.me/minenergy_uz/7171

https://t.me/rost_24uz/6690

https://uzreport.news/

https://daryo.uz/2023/01/23/

https://www.spot.uz/oz/2023/01/23/

https://www.gazeta.uz/oz/2023/01/23/

https://www.youtube.com/

https://dunyo.news/uz/news/

https://qalampir.uz/n/75829

https://uz.sputniknews.ru/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>