Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Uyim yonida bo‘lgan simyog‘ochlar jismonan eskirgan. Mening hayotim va o‘zgalar hayoti uchun, xususiy mulkimga xavf tug‘dirayotgani uchun yangi “stolba” qo‘yib berishingizni so‘rayman!»
  • 25.01.2023
  • 227

Murojaat egasi: Samiyev Shuhrat Hasan o‘g‘li, Qashqadaryo viloyati.

Elektron pochta: sshuhrat632@gmail.com

Murojaat mazmuni: Salom! Hurmatli murojaatlarga befarq bo‘lmagan xodimlar! Murojaatim shundan iboratki, hozirda doimiy yashab keladigan turarjoyim chegarasida bo‘lgan simyog‘ochlar jismonan eskirganligi sababli, meni va o‘zgalar hayoti uchun, qolaversa xususiy mulkimga xavf tug‘dirayotgani uchun — yangi «STOLBA» qo‘yib berishingizni va murojaatim qanoatlantirilishini so‘rab qolaman...
 

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Shuhrat Hasan o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/17211         

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Ma'lumot o‘rnida: Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>