OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: Atom elektr stantsiyasi qurishimiz shart!
  • 24.01.2023
  • 219

Anomal sovuq sharoitida O‘zbekistonda kommunal xizmatlar ishida ro‘y bergan inqirozdan so‘ng energetika sohasini takomillashtirish, energiya olishning muqobil manbalarini topish va qo‘llash yana munozaralar mavzusiga aylandi.

Bugun, 23-yanvar kuni AzonTV da fizik olimlar bilan o‘tkazilgan suhbatda, jumladan, yadro quvvatiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Darhaqiqat, atom energiyasi ancha arzon tushadigan quvvat olish yo‘llaridan biri hisoblanadi. E’tibor beradigan bo‘lsak, ko‘pchilik rivojlangan davlatlarda elektr quvvati mo‘l-ko‘l bo‘ladi. Elektr energiyasi taqchil bo‘lgan davlatlarda iqtisodiy rivojlanish ham o‘ziga yarasha bo‘ladi. Va shu davlatlarda atom energetikasi ham rivojlangan, albatta.

Ergash Tursunovning aytishicha, hozir dunyoda 31 ta davlatda 443 ta atom reaktorlari ishlab turibdi. Ularning 100 ga yaqini AQShda joylashgan. 56 tasi Fransiyada, 40-45 tasi Rossiyada, 50 ga yaqini Xitoyda joylashgan. Hatto Bangladeshda ham 2 ta AES bor. Ya’ni, rivojdanayotgan davlatda ham atom quvvatidan foydalanishmoqda. 

- Alternativ energetika kerak, lekin atom quvvatidan boshqa yaxshiroq yo‘l yo‘q, - deydi mutaxassis. – Agar AES quradigan bo‘lsak, uning xavfsizligi masalasi butun dunyo uchun ahamiyatli narsa. Avvalo Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentligining 12 ta testidan o‘tish kerak. O‘ta olmasa ishlashga ruxsat berilmaydi. Shu jihatdan, AES qurilishidan qshrqmasligmiz kerak. 

Bundan tashqari, atom reaktorlarining ham har xil texnologiyalari bor. Masalan eski, ikkinchi avlod reaktorlari hozir qurilmaydi. Hozirda 3 plyus reaktorlari zamonaviy hisoblanadi. Bizda qurilsa ham xavfsizlik darajasi ancha yuqori bo‘lgan 3 plyus reaktorlari quriladi.

AESlarning iqtisodiy jihatlari va ularning samaradorligiga to‘xtaladigan bo‘lsak, atom reaktorlarida olingan elektr energiyasi gaz yoqib olingan energiyaga narxiga teng yoki arzonroq ham bo‘ladi. Kelajakda bu narx birligi yanada arzonalashib boraveradi. Lekin buning uchun O‘zbekistonning bazaviy energetikasi atom energiyasiga asoslangan bo‘lishi shart. Chunki tabiiy gazimiz hozir yetmay qolyapti, keyinchalik tugaydi ham. Shu jihatdan olganda, atom reaktorlari biz uchun juda muhim. Energitikamiz sifatini va samarasini oshirishni istasak, AESlar qurishimiz shart va ayni paytda dolzarb hisoblanadi, deydi Ergash Tursunov.

Manba: https://azon.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>