Yangiliklar
OTB konsultanti ishtirokida yuqori kuchlanishli tarmoqlar qayta rekonstruksiya qilinishi muhokama etildi
  • 30.01.2023
  • 225

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2022-yil 28-dekabrdagi PQ–459-sonli qaroriga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan «Magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» investitsion loyihasi Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 28-yanvar sanasida Osiyo Taraqqiyot Banki konsultanti Helmut Sandmann, «O‘zbekiston MET» AJ ETFBB boshlig‘i Shamsiddin Kulibayev hamda ETFBB mutaxassisi Rahmatjon Eliboyev , «OTB loyihalari» LAOG mutaxassislari, Ekologiya, Ijtimoiy va yer munosabatlari masalalari bo‘limi boshlig‘i Azizbek Botirov, «Toshkent MET» filiali bosh muhandisi O‘tkir Ahmedov hamda yuqori kuchlanishli tarmoqlar bo‘yicha ustalar ishtirokida Toshkent viloyatining Olmaliq shahri va Piskent tumani hududlaridan o‘tgan 220 kV kuchlanishli L-Ks-A , L-A-F va L-20-Ks elektr uzatish havo tarmoqlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish natijasida L-Ks-A liniyasi qayta rekonstruksiya qilinishi lozimligi muhokama etildi. Osiyo Taraqqiyot Banki konsultanti Helmut Sandmann hamda «O‘zbekiston MET» AJ ETFBB boshlig‘i Shamsiddin Kulibayev mutaxassislarga o‘z tavsiyalarini berdi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>