Yangiliklar
Diqqat, e'lon! 31-yanvar, seshanba kuni suhbatga chaqirilgan nomzodlarni joriy yilning 3-fevral sanasida suhbatga taklif etamiz!
  • 30.01.2023
  • 269

Yodingizda bo‘lsa, 2023-yilning 10-yanvar sanasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish boshqarmasi bosh mutaxasisi lavozimi bo‘sh ish o‘rniga suhbat orqali ishga qabul qilish yuzasidan e'lon berilgan edi.

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/16797

DIQQAT, E'LON! ISHGA QABUL QILAMIZ!

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3308

So‘ngra, 2023-yilning 26-yanvar sanasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish boshqarmasi bosh mutaxasisi lavozimi bo‘sh ish o‘rniga tegishli tartibda hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazilishi haqida e’lon uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoq sahifalaridama’lum qilindi.

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/17265

Diqqat, e’lon! Nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi!

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3430

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish boshqarmasi bosh mutaxasisi lavozimi bo‘sh ish o‘rniga tegishli tartibda hujjat topshirgan nomzodlar diqqatiga shuni ma’lum qilamizki, Ishga qabul qilish komissiyasi a’zolari ishlab chiqarish zaruriyati tufayli xizmat safarida bo‘lgani bois, nomzodlar bilan suhbat:

2023-yilning 3-fevral sanasi (juma kuni) soat 15:00 ga ko‘chirildi.

Keltirilgan noqulaylik uchun hujjat topshirgan nomzodlardan uzr so‘raymiz.

 

Hurmat bilan,

 Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>