Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar
  • 31.01.2023
  • 2173

Bizning tashkilotga ishga kirishingiz uchun, avvalo, Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasining kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz elektron pochtalariga rezyume-ma’lumotnomangizni yuborishingiz lozim.

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: uzbekiston_met@exat.uz; info@uzbekistonmet.uz

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatinining asosiy vazifalari elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalardan (mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar) xarid qilish, magistral elektr tarmoqlari orqali eksport-import, hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga sotish, tasarrufidagi tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish hamda boshqa davlatlar bilan elektr energetika sohasida hamkorlik qilishdan iborat.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta’minlash maqsadida, biz har oyda (uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi cahifalarida e’lon qilingan har bir bo‘sh ishni uchun to‘plangan) to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etiladi. Taqdim etilgan ma’lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi.

Tarjimai holdagi ma’lumot-ko‘rsatkichlar (ma’lumoti, ish tajribasi, qaysi tillarni bilishi va boshqa ko‘rsatkichlar) bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lgan boshqarma yoki bo‘lim mutaxassislariga ma’qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi. Nomzodlar maxsus komissiya (bir necha mutaxassis hamda rahbariyat vakillaridan iborat Komissiya videoyozuv va Aksiyadorlik jamiyatining axborot xizmati ishtirokida) suhbat o‘tkazadi. Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytining «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida tez-tez e’lon qilinib, bu haqdagi oylik hisobotlar har oyning 10 sanasigacha Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirib borilmoqda.

 «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytida uzbekistonmet.uz «Onlayn rezyume» funksiyasi ishga tushirilgan. Bu yangi qulaylik ishga kirish istagida bo‘lgan mutaxassislar bilan  Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi mutaxassislarini bevosita, onlayn rejimda bog‘lab, ish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume

Eslatma: o‘z tarjimai holi va mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlarni taqdim etayotgan fuqarolar aynan qaysi lavozimga o‘z nomzodini taklif etayotganini, shu bilan birga, qayta bog‘lanish uchun telefon raqamlarini to‘g‘ri yozib yuborishlari shart.

YARATILGAN SHAROITLAR:

• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;

• Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;

• Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Hurmat bilan,

Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi

«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATINING ELEKTRON MANZILLARINI KUZATIB BORING!

 

Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz

Telegram: https://t.me/uzmetaxborotxizmati  

Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq

Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet  

Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

Odnoklassniki https://ok.ru/group/61026265792660

Utube videofayllari https://utube.uz/ru/users/7208

Youtube videofayllari https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg  

Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz  

E-xat: uzbekiston_met@exat.uz  

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>