OAV va jamoatchilik bilan ishlash
MINENERGY.UZ — Energetika vazirligi: joriy yilda 7 ta elektr stansiya ishga tushiriladi
  • 31.01.2023
  • 194

Joriy yil yakuniga qadar yurtimizda umumiy quvvati 2910,6 MVt bo‘lgan 7 ta elektr stansiya (1 ta IES, 1 ta shamol, 3 ta quyosh va 2 ta GES) ishga tushirilishi (yagona elektr tarmog‘iga ulanishi) rejalashtirilgan. Xususan:
 
➖Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi;
 
➖Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi;
 
➖Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi;
 
➖Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi;
 
➖Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirilishi (yagona elektr tarmog‘iga ulanishi) rejalashtirilgan.

Ahamiyatlisi, ushbu elektr stansiyalar xorijiy kompaniyalar tomonidan 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirilmoqda.
 
➖Samarqand viloyatida umumiy quvvati 13,6 MVt bo‘lgan 2 ta gidroelektr stansiya ishga tushiriladi. Shuningdek, To‘palang GES modernizatsiya qilinadi va uning quvvati amaldagi 30 MVtdan 175 MVtga (+145) oshiriladi.
 
Ma’lumot uchun: 2022-yilda umumiy quvvati 1474 MVt bo‘lgan 7 ta yangi elektr stansiya ishga tushirildi.

 
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️@minenergy_uz

Manba: https://t.me/minenergy_uz/7217

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>