Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Bizning mahallamiz juda qoloq, jumladan “svet”larimiz nosoz, 1 dona 100–150 xo‘jalik foydalanadigan transformatordan 300 ga yaqin xo‘jalik foydalanadi!»
  • 30.01.2023
  • 298

Murojaat egasi: Uskanov Dilshodbek Abduxoliq o‘g‘li, Farg‘ona viloyati.

Elektron pochta: sshuhrat632@gmail.com

Murojaat mazmuni: Men Uskanov Dilshodbek, ariza yozishimdan maqsadim shuki, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Xalq biz uchun emas, Biz xalq uchun» ishlashimiz va kerakli sharoitlar yaratib berishimiz kerak. Bu gap ko‘p marotaba aytib kelinadi. Shuni inobatga olib, biz yoshlar ko‘p marotaba viloyat hokimligiga, Xalq qabulxonalariga, tuman hokimligiga murojaat qilib chiqqanmiz. Bizning bu murojaatimizni joyiga kelib to‘liq o‘rganib chiqmaslaridan “dasturga tushmaydi yoki keyingi yillarga o‘rganib chiqamiz”, deb e’tiborsiz qoldirmoqdalar.

Bizning mahallamiz juda qoloq, jumladan “svet”larimiz nosoz, 1 dona 100–150 xo‘jalik foydalanadigan transformatordan 300 ga yaqin xo‘jalik foydalanadi. Bizni ko‘chaga transformator o‘rnatib berishinglarni so‘rayman.

Mahallada tok 140–170 W, bunday tokda yoshlarimiz tadbirkorlik qilmoqchi bo‘ladi. Tokning nosoz va pastligidan hech narsa qila olmasligini bilib, juda ko‘p yoshlar Rossiyaga ishlagani, yo bo‘lmasa kunlik ishlarga chiqib ketishadi.

Men ham o‘z uyimda oilaviy tadbirkorlik qilish maqsadida 5 ta tikuv mashinasi o‘rnatdim. Mana, 3 oydan buyon “svet” pastligidan hech qanday ish qila olmayapman.

Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev aytganiday, tadbirkorlarini doimo qo‘llab-quvvatlashimiz, keng imkoniyatlar yaratib berishimiz kerak.  Aksiga olib, bunday ishlar Uchko‘prik tumanida og‘zaki gap bo‘lib qolmoqda. Bizning bu murojaatimizga amaliy yordam berishlaringizni so‘rayman...

Izoh: Murojaat matnidagi o‘nlab imlo xatolar tuzatildi, murojaat mazmuniga ta’sir etmaslik uchun uslubiy xatolar deyarli o‘z holicha qoldirildi, “tok” deyilganda murojaatchi kuchlanish me’yordan past ko‘rsatkichda ekanligini yozmoqchi bo‘lgan  — Axborot xizmati.

 

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Dilshodbek Abduxoliq o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati hamda Farg‘ona viloyati hokimligi Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA’LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste’molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

 

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/17367           

 “Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

 

Ma’lumot o‘rnida: Iste’molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste’molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

 ⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

 

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>