Yangiliklar
Andijon viloyati iste‘molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yuqori kuchlanishli yangi podstansiya va elektr uzatish tarmog‘i qurilmoqda
  • 01.02.2023
  • 330

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Andijon viloyatining Shahrixon, Baliqchi, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlaridagi iste‘molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 220 kV kuchlanishli “Yangi Andijon” podstansiyasi qurilmoqda. Podstansiya joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.  

Shuningdek, mazkur podstansiya uchun 2 ta uzunligi 14 km bo‘lgan 220 kVli elektr uzatish tarmog‘i ham qurilmoqda. Bugungi kunda tarmoqning qurilish ishlari 80 foizga bajarildi.

Mazkur yirik loyiha Prezidentimizning 2021-yil 12-iyuldagi qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>