Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Ko‘p joyda tajriba kerak, deyilsa, biz sirtqida o‘qiyotganlar tajribani qayerdan olamiz? Bitirgandan keyin ham qayerdan olamiz tajribani?»
  • 20.02.2023
  • 180

Murojaat egasi: Yo‘doshev Humoyunbek Shamsiddin o‘g‘li, Toshkent shahri.

Elektron pochta: humoyinbekyuldoshov@gmail.com

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum, hurmatli ishchilar! Men Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanda tug‘ilganman. Hozirda “Namangan politex”da energetika va mehnat muhofazasi fakultetining texnologik mashinalar va jihozlar sohasida o‘qiyman. 4-kurs, sirtqi taʼlimdaman. Ishga kira olamanmi? “MET” eʼlonlarini ko‘rib chiqsam, tajriba bo‘lish kerak, deyilgan. Bitirgandan keyin ham tajriba, kerak deydi. Ko‘p joyda tajriba kerak, deyilsa, biz sirtqida o‘qiyotganlar tajribani qayerdan olamiz? Bitirgandan keyin ham qayerdan olamiz tajribani? Murojaatimni o‘qiysizlar, deb uylayman...

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Humoyunbek Shamsiddin o‘g‘li! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan murojaatingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Murojaatingizga javob o‘rnida, sizga shuni maʼlum qilamizki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining  elektron pochtalari orqali tegishli hujjatlaringizni, qaysi bo‘sh ish o‘rniga ishga kirish uchun yuborayotganingizni belgilab (shu bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilish uchun qo‘yilgan talablarga muvofiq kelishingizni bilgan holda) yuborsangiz, u albatta Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

 

Maʼlumot o‘rnida: «Onlayn rezyume» https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume.

 MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz;  info@uzbekistonmet.uz.

 

Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasidan murojaat: Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, taʼmirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, nomzodlar oliy taʼlim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini taʼminlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan maʼlumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi maʼlumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga maʼqul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi.

Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

Maʼlum bir bo‘sh o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar suhbatga chaqirilayotgani (sanasi va vaqti) Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy-veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida eʼlon qilib borilmoqda. Eʼtiborli bo‘ling va ijtimoiy tarmoq sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang!

 

⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25

 

Batafsil maʼlumotlar quyidagi eʼlon tarkibida yozilgan:

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3441

 

Axborot xizmatidan tavsiya: Hurmatli fuqaro Humoyunbek Shamsiddin o‘g‘li, murojaatni to‘liq so‘zlarda ifodalab, adabiy til qoidalariga muvofiq yozishingiz, shu bilan birga, energetika sohasi, elektr energetika tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik tashkilotning Markaziy boshqaruv apparatida ishlash uchun maʼlum bir talablar qo‘yilishi va ish tajribasi bo‘lishi bu yo‘nalishda muhim ahamiyat kasb etishini to‘g‘ri tushunib anglashingiz maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Unutmang, ishga kirishni istagan har bir nomzodning bilim-saviyasi o‘rganiladi va bu — xodimning salohiyati (ko‘rsatkichlari) mehnat samaradorligini belgilovchi birinchi omil sifatida eʼtirof etiladi. Qolaversa, bo‘sh ish o‘rinlari nafaqat Markaziy boshqaruv apparatidagi masʼul vazifalarga, balki tarkibiy magistral elektr tarmoqlari filiallari hamda qurilish-montaj korxonalarida ham mavjud bo‘lib, ularning ham bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan eʼlonlar berib borilmoqda.

 

Qo‘shimcha maʼlumot: Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-sayti, bosh sahifasida O‘zbekiston Respublikasining xaritasi shaklida infografika maʼlumotnoma-jadvali joylashtirilgan bo‘lib, qaysi hududni belgilasangiz, o‘sha hududdagi Magistral elektr tarmoqlari filiali haqidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatingiz paydo bo‘ladi. Maʼlumotnomada telefon raqamlari ham ko‘rsatilgan bo‘lib, mutaxassislar sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>