OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: ““Elektrqishloqqurilish” AJ ustav kapitalidagi 58,41 foiz aksiyalar paketini sotish bo‘yicha kelishuvga erishildi”
  • 16.03.2023
  • 219

Davaktiv agentligi huzuridagi "UzAssets investitsiya kompaniyasi"AJning (keyingi oʻrinlarda – "UzAssets" AJ) 2021-yil 19-noyabrdagi «Elektrqishloqqurilish» AJ aksiyalar paketini sotish to‘g‘risidagi e'loniga muvofiq quyidagilar ma'lum qilinadi.

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, "UzAssets" AJning “Elektrqishloqqurilish” AJ (keyingi oʻrinlarda – Korxona) ustav kapitalidagi 58,41 foiz aksiyalar paketini 93,2 mlrd.soʻmga “Uralskaya energeticheskaya stroitelnaya kompaniya” AJ (Rossiya) (keyingi oʻrinlarda – Xaridor)ga sotish boʻyicha kelishuvga erishilganligini maʼlum qiladi.

Korxona aksiyalar paketini xususiylashtirish boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro jarayon natijalari Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasining tegishli qarori bilan maʼqullangan.

Bunda, “UzAssets” AJ tomonidan eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida Grant Thornton xalqaro konsalting kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – Konsultant) xususiylashtirish boʻyicha konsultant sifatida jalb etilgan va Dentons xalqaro yuridik kompaniyasi huquqiy masalalarda koʻmaklashgan.

Konsultant va UzAssets tomonidan xususiylashtirish jarayoni doirasida ham mahalliy, ham xalqaro darajada keng koʻlamli marketing ishlari amalga oshirilgan, jumladan, investitsiya tizerlari konsultantning xalqaro tarmogʻi orqali turli xorijiy investorlarga (investor sounding) yuborilgan.

Natijada investorlardan sotib olish boʻyicha qiziqish toʻgʻrisidagi 7 ta talabgordan arizalar (Express of Interest) kelib tushdi.

Talabgorlar xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishini taʼqiqlashi mumkin boʻlgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yoʻqligi hamda Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmaganligi yuzasidan oʻrganilgan.

Bundan tashqari, Majburiyatga ega boʻlgan takliflar (BO)ni tayyorlash doirasida, sanksiyalar roʻyxatiga kiritilmaganligi yuzasidan tanlab olingan investorlarga Korxonani oʻzlari tomonidan kompleks tahlil (due diligence) oʻtkazish, shuningdek Konsultant tomonidan tayyorlangan hamda virtual maʼlumotlar xonasi (VDR)ga joylangan Korxonaning moliyaviy, huquqiy va soliqqa oid tahliliy hisobotlar bilan tanishish imkoniyati berildi.

Eng yaxshi majburiyatga ega boʻlgan taklif “Uralskaya energeticheskaya stroitelnaya kompaniya” (Rossiya) AJ tomonidan taqdim etilgan va uning narx taklifi Konsultant tomonidan hisoblangan Korxonaning indikativ narxlar parametrlari oraligʻida joylashgan hamda Korxonaning baholangan qiymatidan yuqori. Shu bilan birga, “UzAssets” AJ ishonadiki, Xaridor kelajakda bozordagi raqobat kuchaygan sharoitda “Elektrqishloqqurilish” AJ faoliyatini saqlagan holda barqaror rivojlanishini taʼminlay oladigan hamda turli kuchlanishga ega elektr tarmoqlari obyektlarini qurish bo‘yicha Oʻzbekiston Respublikasining yirik sanoat korxonalaridan biri bo‘lib shakllanadi.

Manba: https://uz-assets.uz/oz/

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>