Yangiliklar
"Samarqand MET" filiali: “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbirlari yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilmoqda
  • 27.03.2023
  • 312

Joriy yilda “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori M.X.Pardayev tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan barcha podstansiyalarda mavjud texnik-muhandislik ko‘nikmalarni takrorlash, tahlil va nazorat qilish, ishchi-xodimlarning malakasini oshirish ishlari olib borilmoqda.

⚡️ Bundan tashqari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi bo‘limi 2-toifali muhandisi S.Xaydarov, “Samarqand MET” filiali bosh muhandisi A.Abduraxmonov hamda Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi yetakchi muhandisi A.Safarovlar ishtirokida Filial tarkibiga kiruvchi podstansiyalar hamda barcha tarkibiy bo‘linmalarda “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbirini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

✍️ “Samarqand MET” filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>