OAV va jamoatchilik bilan ishlash
minenergy.uz — “Innoprom. Markaziy Osiyo” uchinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi: Energetika vaziri ko'rgazma faoliyati bilan tanishdi
  • 26.04.2023
  • 118

Joriy yilning 24-26-aprel kunlari “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma majmuasida “Innoprom. Markaziy Osiyo” uchinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 25-aprel kuni O‘zbekiston Energetika vaziri J.Mirzamahmudov ko‘rgazma doirasida Tatariston Respublikasining qator yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
 

 


Uchrashuvda Tatariston Respublikasining 10 dan ortiq kompaniya vakillari bilan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish, kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish, neft-gaz sohasida kompressor va nasos stansiyalarini yetkazib berish, elektromobil va elektrobuslarni zaryadlash stansiyalarini o‘rnatish va boshqa bir qator yo‘nalishlarda muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar qo‘shma yo‘l haritasi ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldilar.
 

 


Ma’lumot uchun: Ko‘rgazmada turli davlatlarning 300 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etmoqda. O‘zbekiston, Rossiya va Belarus davlatlari esa milliy ekspozitsiyalarini namoyish etmoqdalar. Ko‘pgazma doirasida bugungi kunga qadar 30 dan ziyod yirik ishbilarmonlik tadbirlari va 500 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/2766

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>