Bo'sh ish o'rinlari
DIQQAT, EʼLON! MUVOFIQLIK TIZIMI (KOMPLAYNS) XIZMATI MUTAXASSISI LAVOZIMI UCHUN TANLOV O‘TKAZILADI
  • 02.05.2023
  • 214

Lavozim majburiyatlari:

♦  tizim korxonalari faoliyatida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi xavf-xatarlarni baholash va boshqarish;

♦ tizim korxonalarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga, ularning oldini olishga va chek qo‘yishga, oqibatlarini, shuningdek, ushbu jinoyatga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish, amalga oshirilishini taʼminlash;

♦  xodimlar tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etish va xizmat vazifalarini bajarishda har qanday korrupsion holatlar, shu jumladan, manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berish masalalarini tartibga solish;

♦  tizim korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish to‘g‘risida amaldagi meʼyoriy hujjatlarning ijrosini monitoring qilish;

♦  korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish davlat dasturlari bo‘yicha jamiyatga yuklatilgan vazifalar bajarilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish;

♦  moliyaviy va boshqa korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish va tizimli monitoring o‘tkazish;

♦  Aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar va boshqa faoliyatning qonunchilikka mosligini monitoring qilish;

♦ Aksiyadorlik jamiyati faoliyatida sodir etilgan korrupsiyaviy holatlar to‘g‘risidagi xabar va murojaatlarni ko‘rib chiqish, xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish va natijasi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga maʼlumot berish;

♦  faoliyatga tegishli boshqa masalalar.

 

Nomzodlarga talablar:

♦  yuridik, iqtisod, moliya, soliq va audit mutaxassisliklari bo‘yicha oliy maʼlumotga egaligi;

♦  moliya, soliq, komplayns-nazorat, audit va ichki nazorat, iqtisod, huquq bilan bog‘liq sohalarda amaliy ish tajribasi;

♦  kompyuterda ishlashni mukammal bilish (Microsoft Office, Excel, Word, PowerPoint, Outlook, Internet);

♦  maʼlumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va o‘z ustida muntazam ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

♦  faoliyat bo‘yicha xizmat safarlariga tayyor bo‘lish;

♦  sudlanmaganlik va jinoiy javobgarlikka tortilmaganlik;

♦  rus tili hamda boshqa xorijiy tillarni mukammal bilishi yuqori baholanadi.

 

⇒ “Boʻsh ish oʻrinlari” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25

⇒ Onlayn rezyume: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume

 

❇ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo koʻchasi, 42-uy. Moʻljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

 

Elektron pochta:  kadr_nes@uzbekistonmet.uz   info@uzbekistonmet.uz

 

YARATILGAN SHAROITLAR:

♦  Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;

♦  Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yoʻriqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;

♦  Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qoʻshimcha ustamalar va mukofot pullari).

 

QO‘SHIMCHA MA’LUMOT: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3441

 

“Oʻzbekiston MET” AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>