OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzelektroapparat-Electroshield” AJ o‘rtasida birlamchi elektr qurilmalar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi
  • 07.05.2023
  • 200

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzelektroapparat-Electroshield” AJ o‘rtasida “Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasi doirasida birlamchi elektr qurilmalar yetkazib berish bo‘yicha qiymati 9,5 mln AQSH dollar bo‘lgan shartnoma imzolandi.

Shartnomada respublika boʻylab 18 ta magistral tarmoq podstansiyalariga birlamchi elektr qurilmalar, shuningdek, elegazli oʻchirgichlar, ajratkichlar, akkumulyator batareyalari, kuchlanish va tok transformatorlarni yetkazib berish koʻzda tutilgan.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️@minenergy_uz

Manba: https://t.me/minenergy_uz/7819

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>