Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «2021-yilda “Obod mahalla” dasturi orqali 30 ta beton “stolba” va 1 ta transformator ajratilgan edi. Endi mutaxasislar fuqarolarni sarson qilishmoqda...»
  • 08.05.2023
  • 179

Murojaat egasi: Asadullayev Lutfulla, Jizzax viloyati.

Elektron pochta: gulmiraasadullaeyva81@gamel.kom

Murojaat mazmuni: Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani, “Marjonbuloq” ShFY, Sharof  Rashidov nomidagi mahalla 2021-yilda “Obod mahalla” dasturiga tushib, 30 ta beton tayanch ustuni (“stolba”) va 1 ta transformator ajratilgan, deb aytilgan edi. Endi esa “ertangi kvartal va yana ertangi kvartal”, deb G‘alaorol tumani электр tarmoqlari korxonasi mutaxasislari fuqarolarni sarson qilmoqda. Oradan mana bir yil-u 4 oy  o‘tdi. Haligacha natija yo‘q. Oddiy fuqoralarning murojaatiga panja ortida qaraydi, manzilga kelib o‘rganmaydi. Sababi, bizning mahalla tumanimiz markazidan 25 kilometr uzoqlikda bo‘lib, fuqarolar sarson... Amaliy yordam bershingizni so‘rab qolamiz.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Lutfulla Asadullayev, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy электр тармоқлари» AJ Matbuot xizmati hamda Jizzax vilotiyati hokimligi matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/19605           

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Maʼlumot o‘rnida: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

«JIZZAX HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ

Qabul vaqti:

seshanba, payshanba  soat 17:00 dan 20:00 gacha. 

Manzil:

Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Bog‘zor ko‘chasi, 60-uy.

Tel.:

(0372) 222-37-56

Faks:

(0372) 222-37-56

Veb-sayt:

www.jizzaxhetk.uz

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>