Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Energetika tizimida 18 yil ish stajiga egaman. Elektr tarmoqlariga ulanish bo‘limi mutaxasisligi bo‘yicha suhbatda qatnashmoqchiman...»
  • 02.05.2023
  • 163

Murojaat egasi: Normurodov Faxriddin Xolmanovich, Toshkent shahar.

Elektron pochta: normurodovfahriddin029@gmail.uz

Murojaat mazmuni: Maʼlumotim oliy, energetika tizimida 18 yil ish stajiga egaman. Davlat va rus tillarini bilaman, kompyuterda erkin ishlay olaman. Elektr tarmoqlariga ulanish bo‘limi mutaxasisligi bo‘yicha suhbatga qatnashmoqchiman...

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Faxriddin Xolmanovich! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali yuborgan murojaatingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Murojaatingizga javob o‘rnida, sizga shuni ma’lum qilamizki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining elektron pochtalari orqali tegishli hujjatlaringizni, qaysi bo‘sh ish o‘rniga ishga kirish uchun yuborayotganingizni belgilab (shu bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilish uchun qo‘yilgan talablarga muvofiq kelishingizni bilgan holda) yuborsangiz, u albatta Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Ma’lumot o‘rnida: «Onlayn rezyume» https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume.

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati. Murojaat uchun: 71-236-6615.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz.

Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasidan murojaat:

Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, taʼmirlash-sozlash ishlari) faoliyat olib borgani bois, aksariyat nomzodlar uchun oliy taʼlim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

 Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni ochiq va shaffof bo‘lishini taʼminlash maqsadida, biz har safar bo‘sh ish o‘rinlari haqida eʼlonlar rasmiy veb-saytimiz hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida jamoatchilik eʼtiboriga taqdim etilganidan so‘ng to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz.

Taqdim etilgan maʼlumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi maʼlumot-ko‘rsatkichlar eʼlon qilingan talablarga mos kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi va bu haqda uzbekistonmet.uz veb-saytining «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida qo‘shimcha eʼlon beriladi. Shundan so‘ng Ishga qabul qilish komissiyasi tomonidan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Komissiya tomonidan rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etadi va ishga qabul qilinadi.

Ma’lum bir bo‘sh o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar suhbatga chaqirilayotgani (sanasi va vaqti) Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy-veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e’lon qilib borilmoqda. E’tiborli bo‘ling va ijtimoiy tarmoq sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang!

⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25

Batafsil ma’lumotlar quyidagi e’lon tarkibida yozilgan:

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar:

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3441

Aksiyadorlik jamiyat uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytining «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida barcha zarur maʼlumotlar mavjud. Har bir bo‘sh ish o‘rniga nomzodlar suhbat orqali, nomzodlarga qo‘yilgan talablarga mos kelishiga hamda Komissiya suhbatidan muvafaqqiyatli o‘tishiga qarab ishga taklif etiladi.

Unutmang, ishga kirishni istagan har bir nomzodning bilim-saviyasi o‘rganiladi va bu — xodimning salohiyati (ko‘rsatkichlari) mehnat samaradorligini belgilovchi birinchi omil sifatida eʼtirof etiladi.

 Qo‘shimcha maʼlumot: Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-sayti, bosh sahifasida O‘zbekiston Respublikasining xaritasi shaklida infografika maʼlumotnoma-jadvali joylashtirilgan bo‘lib, qaysi hududni belgilasangiz, o‘sha hududdagi Magistral elektr tarmoqlari filiali haqidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatingiz paydo bo‘ladi. Maʼlumotnomada telefon raqamlari ham ko‘rsatilgan bo‘lib, mutaxassislar sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.

Axborot xizmatidan tavsiya: Hurmatli fuqaro Faxriddin Xolmanovich, Sizning xuddi shu mazmunga ega murojaatingizga javob matni Sizning elektron pochta manzilingizga yuborilishidan tashqari  uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali eʼlon qilindi. Sizga ikkinchi marotaba — qayta yuborilayotgan tavsiyalarga rioya qilib, o‘zingiz haqingizdagi maʼlumotlarni talab shartlari mos keladigan bo‘sh ish o‘rni eʼlonlariga muvofiq tegishli tartibda topshirishingiz va Komissiya o‘tkazadigan suhbatga yetarli darajada tayyorgarlik bilan ishtirok etishingiz mumkinligini bildiramiz.

Murojaatchi: «Mutaxassisligim — muhandis-iqtisodchi, energetika sohasida 18 yil stajga egaman. Ekspluatatsiyaga qabul qilish bo‘limiga ishga o‘tish uchun suhbatga qatnashmoqchiman...»

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3706

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>