OAV va jamoatchilik bilan ishlash
minenergy.uz — Energetika vazirligi: 2023-yil 18-20-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Ikkinchi xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tadi
  • 11.05.2023
  • 146

2023-yilning 18-20-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Ikkinchi xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tadi.

Forum doirasida quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:

➖“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi;

➖“Energetika, energiyani tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2023” 16-xalqaro ko‘rgazmasi;

➖“Yashil energetika texnologiyalari – GETCA 2023” ixtisoslashtirilgan bo‘limi;

➖3-Xalqaro O‘zbekiston Energetika anjumani.

Forum Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi koʻmagida Iteca Exhibitions xalqaro koʻrgazma kompaniyasi va uning hamkorlari – ICA Eurasia Group va Congresses of Central Asia – CCA tomonidan tashkil etiladi.

Forum tadbirlari anʼanaviy tarzda ilgʻor texnologiya va uskunalar bilan tanishish, ishbilarmonlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, mahalliy va xorijiy kompaniyalar oʻrtasida tajriba almashish orqali soha rivojiga xizmat qilmoqda.

Anjumanlar doirasida xorijiy va mahalliy kompaniyalar, xalqaro ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirokida sohaga oid dolzarb mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Ko‘rgazma stendlarida zamonaviy asbob-uskunalar, sanoat materiallari, xomashyo va xizmatlar, jumladan, lokalizatsiyaga mo‘ljallangan namunalar namoyish etiladi.

Forum haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefonga qo‘ng‘iroq qiling: 71 205 18 18, pr@iteca.uz, www.energyforum.uz, www.oilgas.uz, www.power-uzbekistan.uz

 

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/2801

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>