Qiziqarli xabarlar
Xitoy ilk «dinamik» yashil ammiak zavodini barpo qiladi
  • 08.05.2023
  • 139

«Mintal Hydrogen Energy Technology» kompaniyasi Xitoydagi Ichki Mongoliyaning Baotou shahrida «dinamik» yashil ammiak zavodini qurishni boshladi.

Texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati vodorod/ammiak ishlab chiqarishni shamol turbinalarining ishlashi bilan sinxronlashtirishdir. Bu esa korxonani energiya bilan ta'minlaydi. Shunday qilib, ammiak ishlab chiqarish shamol turbinasi ishlab chiqarishidagi o'zgarishlarga moslashtiriladi. Eng muhimi, vodorod uchun alohida saqlash vositasi kerak bo‘lmaydi.

Zavod 2025-yilda ishga tushadi va yiliga 390 ming tonna yashil ammiak ishlab chiqaradi. Bu yiliga 850 ming tonna ko‘mirni tejash imkonini beradi va yiliga 2 million tonna CO2 chiqindilarining oldini oladi.

#vodorod

Manba: https://t.me/clearenergy/1957

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>