Yangiliklar
FM.87.9 to‘lqinlarida yoz mavsumida energotizimning barqaror ishlashini ta'minlash borasida ko‘rilayotgan choralar muhokama etildi
  • 15.05.2023
  • 195

Bugun, 2023-yilning 15-may kuni soat 11:20 dan 12:00 gacha «O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida 2023-yi 11-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ahvoli, yoz mavsumida energotizimning barqaror ishlashini ta'minlash borasida ko‘rilayotgan choralar muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan jonli muloqot bo‘lib o‘tdi.

"Muhim mavzu" dasturida  “O‘zbekiston MET” AJ matbuot kotibi Ulug‘bek Urunov hamda “Hududiy  elektr tarmoqlari” AJ  bosh mutaxassisi Faxriddin Nuraliyev ishtirok etishdi.

Radioboshlovchi jurnalist Nilufar Ahmedova.

✅ Marhamat, jonli muloqotdan yozib olingan mediamahsulot bilan tanishing!

Eslatib o‘tamiz, radiomuloqot kechki dasturlarda takroran efirga uzatilishi mumkin.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>