Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Qaysi tashkilotga ish so‘rab borsam, ish staji so‘ralmoqda... Shu adolatdanmi? Talabaga ishlashga ruxsat etilmasa, qanday qilib ish stajiga ega bo‘lsin?!»
  • 15.05.2023
  • 239

Murojaat egasi: Tirkashov Bobur Uchqun o‘g‘li, Toshkent shahri.

Elektron pochta: boburbek7279899@gmail.com

Murojaat mazmuni: Men 2019-yili Toshkent davlat texnika universiteti Elektr energetika yo‘nalishiga to‘lov kontrakti asosida o‘qishga qabul qilindim va shu yil tamomlamoqdaman.

Murojaatim mazmuni shundan iboratki, qaysi tashkilotga ish so‘rab borsam, ish staji so‘ralmoqda... Shu adolatdanmi? Talabaga ishlashga ruxsat etilmasa, energetika sistemasida talabalar 0.5 stavka ishlashi ham mumkin bo‘lmasa, talaba qanday qilib ish stajiga ega bo‘lsin?!

Murojaatim yakunida sizdan shuni so‘rab qolardimki, ushbu tashkilotda ishlash xohishim borligi sababli sizdan ish so‘rab qolaman. Afsus va nadomatlar bo‘lsinki, yurtimizda korrupsiya, tanish-bilish hali ham kurtak otmoqda. Biz bechora talabalarni nazarda chetda qoldirmaysiz, degan umiddaman...

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Bobur Uchqun o‘g‘li! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali yuborgan murojaatingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Murojaatingizga javob o‘rnida, sizga shuni ma'lum qilamizki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining elektron pochtalari orqali tegishli hujjatlaringizni, qaysi bo‘sh ish o‘rniga ishga kirish uchun yuborayotganingizni belgilab (shu bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilish uchun qo‘yilgan talablarga muvofiq kelishingizni bilgan holda) yuborsangiz, u albatta Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Ma'lumot o‘rnida: «Onlayn rezyume» https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati. Murojaat uchun: 71-236-6615.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz.

Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasidan murojaat: Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida loyihalashtirish, qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-sozlash ishlari) faoliyat olib borgani bois, aksariyat nomzodlar uchun oliy ta'lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni ochiq va shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har safar bo‘sh ish o‘rinlari haqida e'lonlar rasmiy veb-saytimiz hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida jamoatchilik e'tiboriga taqdim etilganidan so‘ng to‘plangan rezyume-ob'ektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz.

Taqdim etilgan ma'lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma'lumot-ko‘rsatkichlar e'lon qilingan talablarga mos kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi va bu haqda uzbekistonmet.uz veb-saytining «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida qo‘shimcha e'lon beriladi. Shundan so‘ng Ishga qabul qilish komissiyasi tomonidan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Komissiya tomonidan rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etadi va ishga qabul qilinadi.

Ma'lum bir bo‘sh o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar suhbatga chaqirilayotgani (sanasi va vaqti) Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy-veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e'lon qilib borilmoqda. E'tiborli bo‘ling va ijtimoiy tarmoq sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang!

«Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25

Batafsil ma'lumotlar quyidagi e'lon tarkibida yozilgan:

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3441

Aksiyadorlik jamiyat uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytining «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida barcha zarur ma'lumotlar mavjud. Har bir bo‘sh ish o‘rniga nomzodlar suhbat orqali, nomzodlarga qo‘yilgan talablarga mos kelishiga hamda Komissiya suhbatidan muvafaqqiyatli o‘tishiga qarab ishga taklif etiladi.

Unutmang, ishga kirishni istagan har bir nomzodning bilim-saviyasi o‘rganiladi va bu — xodimning salohiyati (ko‘rsatkichlari) mehnat samaradorligini belgilovchi birinchi omil sifatida e'tirof etiladi.

Qo‘shimcha ma'lumot: Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-sayti, bosh sahifasida O‘zbekiston Respublikasining xaritasi shaklida infografika ma'lumotnoma-jadvali joylashtirilgan bo‘lib, qaysi hududni belgilasangiz, o‘sha hududdagi Magistral elektr tarmoqlari filiali haqidagi ma'lumotlarni olish imkoniyatingiz paydo bo‘ladi. Ma'lumotnomada telefon raqamlari ham ko‘rsatilgan bo‘lib, mutaxassislar sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi. Shu jumladan, magistral elektr tarmoqlarida MAVJUD BO‘SH ISH O‘RINLARI, suhbatga taklif va nomzodlar bilan o‘tkazilgan suhbat tanlovlari haqidagi ma'lumotlarni uzbekistonmet.uz veb-sayti hamda Magistral elektr tarmoqlari filiali telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Axborot xizmatidan tavsiya: Hurmatli fuqaro Bobur Uchqun o‘g‘li, Sizning e'tirozli murojaatingiz tarkibida ish stajiga ega bo‘lmasdan turib qanday ishga kirish mumkinligi so‘ralgan...

Savolingizga batafsil javob shundan iboratki, Siz murojaat yo‘llagan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati o‘z maqomiga ko‘ra shu yo‘nalishdagi, aniqrog‘i O‘zbekiston energetika sohasi, elektr energetika tarmog‘ida yuqori kuchlanishli (220–500 kV kuchlanishli) elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot hisoblanib, uning Markaziy boshqaruv apparati — o‘z tarkibidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari hamda boshqa loyihalashtiruvchi, qurilish-montaj tashkilotlariga yuqori turuvchi boshqaoruv organi hisoblanadi. Yuqoridagi ta'kiddan ko‘rinib turibdiki, qariyb 4300 nafarga yaqin ishchi-xodimlar mehnat faoliyati yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatining Markaziy apparatiga bilimli (ma'lumoti, ixtisosligi) va tajribali (ish tajribasi, mehnat faoliyatidagi karera bosqichlari, erishgan natijalari) mutaxassislar tanlab olinadi, negaki ular asosiy ish faoliyati — elektr tarmoqlari ekspluatatsiyasi, loyihalashtirish, modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari bilan band mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat.

Yuqoridagilarni inobatga olib Axborot xizmati murojaat egasi Tirkashov Bobur Uchqun o‘g‘li avval o‘z yashash manziliga yaqin elektr ta'minoti korxonalariga tanlov suhbatlari asosida ishga kirib, mehnat faoliyatini amaliy ishning eng oddiy bosqichlaridan boshlab, tajriba orttirib, keyin yuqori turuvchi tashkilotlarga tegishli tartibda ishga kirishga harakat qilishini tavsiya etadi.

Misol uchun: Agar siz uzbekistonmet.uz veb-sayti “Rahbariyat” ruknini ochib, O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbar kadrlarining tarjimai holi bilan tanishsangiz, ayni paytda rahbar lavozimidagi barcha mutaxassislar tahsil davridan oldin ham, keyin ham mehnat faoliyatini quyi tashkilotlarda, oddiy chilangar, usta, nazoratchi, buxgalter, elektr chilangari sifatida boshlab, so‘ng tajriba-malakasi, bilim-salohiyati oshib borgan sari yuqori lavozimlarga ko‘tarilib borgan. Aksariyat hollarda talaba yuqori turuvchi boshqaruv organlariga ishga kirib mehnat faoliyatini boshlaganini uchratish qiyin.

Kompaniya haqida > Rahbariyat

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/guide

Ijtimoiy tarmoq sahifalari

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/19744

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>