Yangiliklar
Samarqandlik energetiklar va ularning oila aʼzolari Urganch hamda Xiva shaharlariga sayohat uyushtirishdi
  • 22.05.2023
  • 223

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq «Samarkandlik magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi joriy yilning 20–21-may kunlari Xorazm viloyatining Urganch hamda Xiva shaharlariga sayohat uyushtirishdi.

⚡️ Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi 50 nafar samarqandlik energetiklar va ular oila aʼzolarining sayohat-ziyorat tadbiri filial kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>