Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Iltimos, kontenerimga elektr taʼminoti ulab bersinlar. Mendan ular kadastr hujjatlarini so‘rashmoqda. Hujjatlarim bor. 3 yilga shartnomam bor...»
  • 22.05.2023
  • 231

Murojaat egasi: Djapbarova Toxtajan Azadboyevna, Xorazm viloyati.

Elektron pochta: gulmiraasadullaeyva81@gamel.kom

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum, hurmatli mutaxassislar. Men elektr tarmoqlari o‘tkazib berishlaringizni so‘rab ariza bilan murojaat qilgandim. Mening kichik bir kontenerim bor. U kontenerga “svet” bermaymiz, dedilar elektr boshlig‘i. Prezidentimiz quyoshli panel o‘rnatishga qaror chiqargan ekan. Hurmatli prezidentim, mening boquvchim yo‘q, yolg‘iz ayolman, 3 nafar farzandning onasiman. Kredit qarzdorliklarim ko‘p bo‘lganligi tufayli quyosh panellarini o‘rnatishga hecham imkoniyatim yo‘q. Iltimos, kontenerimga elektr taʼminoti ulab bersinlar. Meni hech kim eshitishni istamayapti. Men o‘zini o‘zi band qilgan tadbirkorman. Men bu yerda ishlolmayapman. Bu yerni tender savdolarida qatnashib yutib olganman. Mendan ular kadastr hujjatlarini so‘rashmoqda. Hujjatlarim bor. 3 yilga shartnomam bor. Lekin ular menga kadastr olib kel, deyishmoqda. Qayerga borsam ishim bitarkan — bilmayapman. 3 nafar bolalarimni boqishga qiynalayapman.

Murojaatning asl matni: “Assalom xurmatli man elektir tarmaklari utirip berishlarini surab ariza bilan murajat kilgandim meni kichkina bir kantenerim bor u kantenerga sevet bermaymis dedilar elektir boshligi prezedentimis sonlishni kuyishga karol chikargan ekan xurmatli pirezedetim meni bokuvchim yuk yolgiz ayolman 3 nafar farzandni onasiman kiriditim kup bulganligi tufayli men sonlishni olip kuyishga xech imkanim yuk eltimas elektir tuki berisinlar men xechkim eshitishni istamayapdi men uzini uzi band kilip tadbirkarman men bu yerda ishlalmayapman bu yerni tendirda uynap olganman mendan ular kadastir surayapdi xujjatlarim bar 3 yilga sharnomam bor lek ular menga kadastir olip kel deyapdi kayerga barsam ishim bitarkan bilmayapman 3 nafar balami bakishga kinalyapman.”

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Toxtajan Azadboyevna, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy электр тармоқлари» AJ Matbuot xizmati hamda Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/19605           

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Quyi tashkilotlar https://het.uz/oz/lists/view/7

XORAZM VILOYATI HUDUDIY FILIALI

Bosh direktor:

 Beregin Suhrob Maqsudovich

Qabul vaqti:

dushanba, chorshanba, payshanba, juma soat: 09:00 dan 11:00 gacha.

Manzil:

Urganch shahri, Xonqa ko`chasi, 36/1. 

Tel.:

(0362) 224-18-42

Faks:

(0362) 227 23 86

Xorazm viloyati hokimligi: https://xorazm.uz/

Ishonch telefoni: +99862 223-00-54

Xorazm viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi: Adambayev Odilbek Jumabayevich: +998(62) 223-00-18.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>