Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: 220 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari mukammal ta'mirlanmoqda
  • 23.05.2023
  • 371

⚡️"Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali liniya xizmatning Chinoz guruhi xodimlari tomonidan "Keles" hamda "Ozodlik" (Toshkent shahri) podstansiyasi bilan "Feruz" (Sirdaryo viloyati) podstansiyasini bog‘lab turuvchi 220 kV kuchlanishli L-K-F-2 elektr uzatish havo tarmog‘ida mukammal ta'mir ishlari olib borildi.

Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini mukammal ta'mirlash jarayonida "Afrosiyob" tezyurar temir yo‘lini kesib o‘tuvchi 31–32 sonli tayanchlar oraliqlarida chinni izolyatorlar yangi turdagi shisha izolyatorlarga to‘liq almashtirildi. 268-sonli tayanch ustuniga qo‘shimga izolyatorlar hamda qushlar qo‘nishiga qarshi to‘siqlar o‘rnatildi, dispetcherlik nomlari yangilanib, tayanch ustuni korroziyaga qarshi bo‘yoq tortilib himoyalandi.

✍️ "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>