Yangiliklar
HISOBOT: uzbekistonmet.uz — 2023-yil yoz mavsumida yuqori kuchlanishli elektr tarmoq va podstansiyalarda mavjud elektr jihoz hamda uskunalarining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida olib borilgan mukammal va joriy taʼmirlash ishlari haqida
  • 10.05.2023
  • 249

Eʼtiboringizga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati balansidagi yuqori kuchlanishli elektr tarmoq va podstansiyalarda mavjud elektr jihoz hamda uskunalarining 2023-yil yoz mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida olib borilayotgan mukammal va joriy taʼmirlash ishlari haqida qisqacha maʼlumot berib o‘tamiz.

Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining barqaror faoliyati uchun 2023-yilga (umumiy) quyidagilar amaliyotlar rejalashtirilgan:

Joriy yilda 8 dona kuch transformatori, 36 dona o‘chirgich, 3 dona havo kompressori va uzunligi 830,68 km bo‘lgan 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo liniyalarini mukammal taʼmirlash, 289 dona podstansiya transformatori, 1532 dona o‘chirgich, 22 dona havo kompressori va uzunligi 4958,751 km bo‘lgan 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo liniyalarini joriy taʼmirlash rejalashtirilgan.

2023-yil 1-may holatiga 4 dona kuch transformatori, 11 dona o‘chirgich va uzunligi 460,42 km bo‘lgan 110–220–500 kVli elektr uzatish havo liniyalari mukammal, 148 dona podstansiya transformatori, 713 dona o‘chirgich, 16 dona havo kompressorlari va uzunligi 2100,2 km bo‘lgan 110-500 kVli elektr uzatish havo liniyalari joriy taʼmirlandi.

Podstansiya elektr jihozlari va qurilmalarining ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida:

♦  60 tonna yangi transformator moyi xarid qilindi;

♦  15 mingdan ortiq izolyatorlar almashtirildi;

♦  ekspluatatsiya qilinayotgan 238 ta kuch transformatorlari 47 dona 500 kV, 393 dona 220 kV, 682 dona 110 kV, 218 dona 35 kV, 1003 dona 6 ÷10 kV o‘chirgichlar davriy ko‘rikdan o‘tkazildi. Transformatorlar sovutish tizimi texnik holati, moyli qurilmalarning moy sathi meʼyorga keltirildi;

♦  159 dona 10–35–110–220–500 kVli reaktorlar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;

♦  favqulotda holat sodir bo‘lganda zudlik bilan avariyaning oldini olish maqsadida 65 ta brigada tashkil etildi. Brigadalar maxsus avtotransport vositalari, zarur ehtiyot qismlar va himoya vositalari bilan taʼminlangan;

♦  Avariya zaxirasi yaratildi. Jumladan, transformator moyi – 156 tn., kuch transformatori – 15 dona, texnik plastina – 1000 kg, kabel mahsuloti – 9,8 km, temir-beton tayanchlar – 26 dona, metall tayanchlar – 46 dona, sim – 70 tn, izolyator – 10 000 dona).

Elektr uzatish havo tarmoqlarining ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida 550 dona qushlarga qarshi moslama, 8082 dona izolyatorlar o‘rnatildi. 

Yil yakuniga qadar “Modernizatsiya” loyihasiga asosan 8 ta podstansiyada jami 1200 MVA quvvat oshirish va Andijon viloyatida 1 ta 220 kV podstansiya qurib, qo‘shimcha 125 MVA quvvat yaratish rejalashtirilgan.

Mazkur axborot “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tayyorlandi.

 

 

«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATINING ELEKTRON MANZILLARINI KUZATIB BORING!

 

‖ Veb-sahifa: https://www.uzbekistonmet.uz/

‖ Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati

‖ Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq

‖ Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

‖ Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet

‖ Odnoklassniki: https://ok.ru/group/61026265792660

‖ Utube: https://utube.uz/ru/users/7208

‖ Youtube: https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg

‖ VIDEODARSLAR VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI: https://t.me/+Pz1qHR0W8mYzNmZi

‖ Korrupsiyaga qarshi kurashish: https://t.me/+qCweNscaSEhlNGM6

 

Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz  

E-xat: uzbekiston_met@exat.uz

☎ Call centre raqami: +998 (55) 500-5545

 

https://www.facebook.com/

 

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>