Yangiliklar
Yil yakuniga qadar “Modernizatsiya” loyihasiga asosan 8 ta podstansiyada 1200 MVA quvvat oshiriladi hamda Andijon viloyatida 1 ta 220 kV podstansiya qurilib, qo‘shimcha 125 MVA quvvat yaratiladi
  • 26.05.2023
  • 209

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmati rahbari Ulug‘bek O‘runov ma'lum qildi:

Joriy yilning 11-may sanasida Prezident Sh.M.Mirziyoyev raisligida joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ahvoli, yoz mavsumida energotizimning barqaror ishlashini ta'minlash borasida ko‘rilayotgan choralar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Yig‘ilishda yoz oylarining issiq kunlarida elektr energiyasiga bo‘lgan kunlik ehtiyoj qariyb 20–25 foizga oshishi, har bir hudud va tarmoq kesimida energiya tanqisligini ortig‘i bilan qoplash, elektr tarmoqlarining yuqori yuklama sharoitida uzluksiz ishlashini ta'minlash, tarmoq va hududlarda energiyani tejash bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan edi.

 “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga qaraganda, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining barqaror faoliyati uchun 2023-yilda 8 dona kuch transformatori, 36 dona o‘chirgich, 3 dona havo kompressori va uzunligi 830,68 km bo‘lgan 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo liniyalarini mukammal ta'mirlash, jumladan 289 dona podstansiya transformatori, 1532 dona o‘chirgich, 22 dona havo kompressori va uzunligi 4958,751 km bo‘lgan 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo liniyalarini joriy ta'mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, 2023-yil 1-may holatiga 4 dona kuch transformatori, 11 dona o‘chirgich va uzunligi 460,42 km bo‘lgan 110–220–500 kVli elektr uzatish havo liniyalari mukammal, 148 dona podstansiya transformatori, 713 dona o‘chirgich, 16 dona havo kompressorlari va uzunligi 2100,2 km bo‘lgan 110–220–500 kVli elektr uzatish havo liniyalari joriy ta'mirlangan.

Batafsil manba: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3973

uza.uzhttps://uza.uz/

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, mavsumga tayyorgarlik jarayonida turli himoya vositalari, ehtiyot qism hamda uskuna-jihozlar zaxirasini yaratish, maxsus avtotransport vositalarining holatini tekshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot xizmatining ma'lum qilishicha, yoz mavsumiga tayyorgarlik jarayonida 60 tonna transformator moyi xarid qilingan. Bundan tashqari, kuch transformatori, texnik plastina, kabel mahsulotlari, temir-beton tayanchlar, metall tayanchlar, sim-arqonlar hamda izolyator kabi ehtiyot qismlaridan avariyaviy zaxira yaratilgan. Favqulotda holat sodir bo‘lganda zudlik bilan avariyaning oldini olish maqsadida 65 ta brigada tashkil etil bo‘lib, brigadalar maxsus avtotransport vositalari, zarur ehtiyot qismlar va himoya vositalari bilan ta'minlangan.

Mavsumga tayyorgarlik jarayonida 15 mingdan ortiq izolyatorlar almashtirilgan bo‘lib, hozirda ekspluatatsiya qilinayotgan 238 ta kuch transformatorlari hamda 2343 dona 6–10–35–110–220 hamda 500 kV kuchlanishli o‘chirgichlar davriy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shuningdek, transformatorlar sovutish tizimining texnik holati, moyli qurilmalarning moy sathi me'yorga keltirilgan.

Shu bilan birga, 159 dona 10–35–110–220–500 kVli reaktorlar texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, elektr uzatish havo tarmoqlarining ishonchli ishlashini ta'minlash maqsadida 550 dona qushlar qo‘nishiga qarshi moslama hamda 8082 dona izolyatorlar o‘rnatilgan.

Yil yakuniga qadar “Modernizatsiya” loyihasiga asosan 8 ta podstansiyalarda jami 1200 MVA quvvat oshirilishi hamda Andijon viloyatida 1 ta 220 kV podstansiya qurilib, qo‘shimcha 125 MVA quvvat yaratilishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot o‘rnida: ayni paytda Energetika vazirligining 2023/2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi yig‘ilish bayoni ijrosini ta'minlash hamda kuz-qish mavsumida magistral elektr tarmoqlari tasarrufidagi ob'ektlarning barqaror ishlashini ta'minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish, mavsumga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy ko‘rib chiqish va yuzaga kelgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, shu bilan birga, favqulodda holatlarda rahbar va ishchi-xodimlar mas'uliyatini yanada oshirish maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulovning chora-tadbirlar rejasi ilova qilingan buyrug‘i imzolangan va Aksiyadorlik jamiyati balansidagi yuqori kuchlanishli elektr tarmoq va podstansiyalarda mavjud elektr jihoz hamda uskunalarining 2023/2024-yil kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta'minlash maqsadida ta'mirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda.

Ma'lumot o‘rnida: 2023-yil 12-may kuni respublikamizda energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash hamda iste'molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlanish maqsadida «O‘zbekiston MET» AJ va «Barki Tochik» kompaniyasi o‘rtasida joriy yilning may-sentyabr oylari uchun shartnoma imzolangan, mavsumiy reja hajmi 1 285,0 mln. kVt•soat ekanligi ma'lum qilingan. Ayni paytda import amaliyoti ikkita 220 kVli yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari orqali amalga oshirilmoqda. Shartnomaga asosan yoz oylarida elektr energiyasi va suv resurslariga ehtiyoj ortadigan davr uchun import hajmlarini 500 kVli tarmoqlar orqali ko‘paytirish ham nazarda tutilgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, 2022-yil yoz mavsumi hamda 2022/2023-yil kuz-qish mavsumida ham, juz'iy texnik nosozliklarni hisobga olmaganda, magistral elektr tarmoqlari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali generatsiya jarayonida ishlab chiqarilgan va qisman import qilinayotgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlari uzatib berish jarayoni barqaror faoliyat yuritganini ko‘rishimiz mumkin.

Ma'lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati o‘z balansidagi 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarining ekspluatatsiya qilish, o‘z tarmoq yo‘nalishida loyihalashtirish, qurilish-montaj, elektr energiyasi importi va eksporti, bundan tashqari, elektr energiyasi davlatlararo tranziti hamda Markaziy Osiyo davlatlari bilan elektr energetika sohasida hamkorlik masalalarini amalga oshirish kabi vazifalarni bajaradi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>