Yangiliklar
Ayni paytda: Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni arafasida istirohat bog‘ida bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda
  • 27.05.2023
  • 238

“O‘zbekiston MET” AJ rahbariyatning tashabbusi, Aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti ishtirokida bugun, 2023-yilning 27-may sanasida “Har bir oila va har bir bolaga mehr-eʼtibor!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Agar bayram tarixiga bir nazar tashlaydigan bo‘lsak, “Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni” 1925-yilda Jenevada bolalar farovonligi bo‘yicha butunjahon konferensiyasida eʼlon qilingan va shundan buyon jahonning aksariyat mamlakatlarida 1-iyun sanasi munosib tarzda nishonlab kelinadi.

“O‘zbekiston MET” AJning ahil jamoasi ham ushbu qutlug‘ sanaga munosib eʼtibor qaratgan holda bugungi kunda mazkur tashkilotda samarali faoliyat olib borayotgan barcha ishchi-xodimlarning aziz farzandlari uchun bir-biridan quvnoq dasturlarni tuhfa etishmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>