Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Men mikroGES qurmoqchiman. Agar gidroelektrstansiya qursam va elektr energiyasi magistral elektr tarmoqlari podstansiyasiga yetkazib bersam...»
  • 29.05.2023
  • 218

Murojaat egasi: Sunnatjon Otajonovich Alimov, Qashqadaryo viloyati.

Elektron pochta: shahzodjonboss707boss@mail.com

Murojaat mazmuni: «Men mikroGES qurmoqchiman. Agarda mikro gidroelektrstansiya qursam va magistral elektr tarmoqlari podstansiyasiga yetkazib bersam, 1 oy davomida 5000 kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqib, shu oy davomida ishlamagan vaqt 1000 kVt•soat o‘z ehtiyojiga qabul qilingan elektr energiya uchun shu ishlab chiqargan elektr energiya hisobidan olib tashlasak bo‘ladimi? Yoki 5000 kVt elektr energiyani sotib pulini olgandan so‘ng 1000 kVt uchun pul to‘laymanmi? Shu tomonini tushunmay turibman...»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Sunnatjon Otajonovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilotlar: “O‘zbekgidroenergo” AJ, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati kichik quvvatli stansiyalarlarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini qabul qilish, uning evaziga to‘lovlarni amalga oshirish, mikro gidroelektrstansiya yoki quyosh va shamol ministansiyalari uchun texnik shartlar taqdim etish vakolatiga ega emas.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/20108  

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Maʼlumot o‘rnida: Hurmatli fuqaro, Siz mikro gidroelektr stansiyasi qurish hamda buning uchun zarur texnik-muhandislik talablarini batafsil o‘rganish uchun “O‘zbekgidroenergo” AJ ga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq.

“O‘zbekgidroenergo” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

https://t.me/uzgidrouz

instagram.com/uzgidrouz/

twitter.com/uzgidrouz

uzgidrouz@mail.ru

uzgidro.uz/

+99871 -241-33-84

Quyida keltirilgan elektron axborot almanishuv platformasi aynan Siz so‘ragan savollarga javob topish uchun “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan yaratilgan.

Men ham GES quraman!

https://t.me/hppconstruct_bot

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Hurmatli fuqaro, mazkur masala yuzasidan energetika sohasida muvofiqlashtiruvchi va istiqboldagi rejalar hamda strategiyani belgilovchi davlat organi — Energetika vazirligiga murojaat qilishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz

Toshkent, 100047, Toshkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 21-uy.

Transport: 
Metro: «Amir Temur» bekati 
Avtobuslar: 14, 53, 58, 78, 93, 98.

Marshrutli taksilar: 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent xalqaro vestminster universiteti)
Telefon: (998 71) 236-2708.

Devonxona: (998 71) 236-2708.
Elektron pochta: info@minenergy.uz 

Ish grafigi: 
dushanba– juma: 9:00 - 18:00 
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00 
shanba, yakshanba: dam olish kuni

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>