Yangiliklar
“ENERGO-IT” filiali: “Bolalar ijodi” ko‘rgazmasidan namunalar
  • 31.05.2023
  • 217

Dunyoda bolajonlar kulgusi-yu, sho‘x-shodon qiyqirig‘idan-da beg‘ubor narsaning o‘zi yo‘q. Tiniq nigohini sizga qadagancha olamdagi jamiki ajoyibotlarni o‘rganishga, mushohada qilishga urinayotgan bolakayning nurli chehrasiga boqqan har qanday inson hayot tashvishlarini unutadi. Zotan, farzandining saodatli va baxtiyor damlarini mudom ko‘rib yashash — har bir inson umrining asosiy mazmunidir.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “ENERGO-IT” filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 1-iyun — “Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni” munosabati bilan “Bolalar ijodi” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada korxona xodimlarining farzandlari, nabiralari hamda jiyanlari o‘zining ijodiy ishlari bilan qatnashdilar. Bolajonlar maktabdagi texnologiya fanidan, bundan tashqari, turli to‘garaklarda o‘rganganlarini ota-onalari, aka-uka, opa-singillari yordamida ro‘yobga chiqarishdi. Ko‘rgazmaga qo‘l mehnatidan foydalanib tayyorlangan rassomlik, tikuvchilik, to‘quvchilik, duradgorlik ishlari namunalarini taqdim etishdi.

Ko‘rgazmada faol ishtirok etgan bolalarga Filial tomonidan istirohat bog‘lariga bepul chiptalar tarqatildi.

Fursatdan foydalanib “ENERGO-IT” filiali barcha bolajonlarni, xususan yurtimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlod vakillarini ushbu sana bilan samimiy muborakbod etadi.

 

 

✍️    “Energo-IT” filiali xodimlari

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>