Yangiliklar
INVESTITSIYA LOYIHALARI HAQIDA QISQA MA'LUMOT: «Toshkent metallurgiya zavodining tashqi elektr ta'minoti obyektlarini qurish» investitsion loyihasi
  • 27.08.2020
  • 666

   ✅  Bugungi kunda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Osiyo Taraqqiyot Banki, Jahon Banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida bir nechta investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

   LOYIHA NOMI:  «Toshkent metallurgiya zavodining tashqi elektr ta'minoti obyektlarini qurish» investitsion loyihasi;

   HUQUQIY ASOS:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ–3638-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-iyundagi VMQ–540-sonli qarori;

 

 

   ⚡️ HUDUDIY QAMROVI: Toshkent shahar Sirg‘ali tumani hamda Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, O‘rtachirchiq, Quyichirchiq, Yangiyo‘l va Zangiota tumanlari;

   LOYIHA QIYMATI:  29,022 mln. AQSH dollari hisobida;

   ⚠️ LOYIHA MAQSADI: «Toshkent metallurgiya zavodi» yirik sanoat korxonasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining poytaxt bilan chegaradosh hududlarida istiqomat qiluvchi aholi hamda ishlab chiqarish obyektlarini elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirish;

 

 

   ✅  LOYIHA NATIJASI: Loyihaning qurilish-montaj ishlari 2020-yil may oyida to‘liq yakunlandi. Loyiha doirasida dastlab 220 kV li «Qo‘yliq» va «Adolat» podstansiyasi oralig‘ida kesma tugun hosil qilindi (Toshkent viloyatining Yik-ota mavzesida), so‘ngra umumiy uzunligi (2x23) 46 km bo‘lgan «kirish-chiqish» yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i qurilib, 220 kVli «Sirg‘ali» podstansiyasiga 2 dona 200 MVA quvvatli transformatorlar o‘rnatildi. Qurilish-montaj ishlari olib borilgan hududlarda obodonchilik ishlari olib borilib, yangi, zamonaviy podstansiyaning estetik qiyofasi yaxshilandi;

 

 

   ⏯ OAV MAYDONIDA LOYIHA HAQIDA: «Prezident qaroriga muvofiq 2018-yilda boshlangan loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi» — «O‘zbekiston–24» telekanalining «Axborot» dasturida.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>