Kasaba uyushmasi
«FARG‘ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
  • 04.09.2020
  • 1593

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan, 2020–2021-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan, filial xodimlaridan 23 nafarining birinchi sinfga boradigan farzandlariga hamda 8 nafar ishchi-xodimlarning 3 nafar o‘g‘il-qizlari maktabda ta'lim-tarbiya olishi hisobga olinib, o‘quv qurollari taqdim etildi.

  Avvalroq «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi kasaba uyushmalari boshlang‘ich tashkilotlari tomonidan ishchi-xodimlarning farzandlariga maktab sumkasi va o‘quv qurollari taqdim etilgan edi. «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali  kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esa 6 nafar kishiga moddiy yordam ko‘rsatildi.

  Eslatma: Jamiyatning  uzbekistonmet.uz  veb-saytida «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyatini yorituvchi ayrim ma'lumotlar bilan tanishib boring.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>