Kasaba uyushmasi
Podstansiya navbatchi muhandislari va elektromontyorlari ishtirokida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi
  • 08.05.2024
  • 55

«Zakovat» intelluktual o‘yini asosan ish jarayonida ko‘p qo‘llaniladigan elektr jihoz va qurilmalarining tuzilishi, nosozliklar paydo bo‘lganda qilinadigan ishlar tartibi va ish jarayonidagi yozma hujjatlarni to‘g‘ri yuritish bo‘yicha tezkor savol-javoblar, shuningdek guruhlar o‘rtasida elektr energiyasiga oid mantiqiy savollar bilan o‘tkazildi. G‘oliblar Kasaba qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tashkiliy tadbirdan maqsad: Xodimlar bilimi va mas’uliyatni oshirish, yangi normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini savol-javob metodi orqali xodimlar orasida targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini takomillashtirish, jonkuyarlik ruhiyatini paydo qilish, o‘zaro podstansiya xodimlarining o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilishdan iborat.

«Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali Podstansiyalar xizmati

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>