Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda
  • 10.05.2024
  • 59

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali Havo tarmoqlari xizmati xodimlari  tomonidan, rejaga asosan, texnik-muhandislik nomi 220 kV kuchlanishli L-20-D hamda L-B-Ch  elektr uzatish havo tarmoqlarida mukammal taʼmirlash ishlari yakunlandi.

Mukammal taʼmirlash ishlariga asosan L-20-D liniyasida 7 dona, L-B-Ch  liniyasida 11 dona shikastlangan izolyatorlar yaroqlisiga almashtirilib, tayanch ustunlarining mustahkamligi taʼminlandi va raqamlarini yangilash ishlari bajarildi.

Eʼtiboringizga havola etilayotgan fotolavhalarda «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali Havo tarmoqlari xizmati xodimlaridan iborat brigadaning ish faoliyati aks etgan.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>