Yangiliklar
500/220/10 kV kuchlanishli “Lochin” podstansiyasining o‘tkazuvchanlik quvvati 1302 MVA yetkazildi
  • 13.05.2024
  • 88

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabr kunidagi PQ-3284-sonli «Jahon Banki ishtirokida “Magistral elektr tarmoq podstansiyalarini zamonaviylashtirish va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan Andijon viloyatida joylashgan «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi podstansiyalarni, ya’ni 1-bosqich modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Navbatdagi modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari 500/220/10 kV kuchlanishli “Lochin” podstansiyasida olib borildi.

“Lochin” podstansiyasida shu kunga qadar:

   ♦   Modernizatsiya dasturi doirasida 5 dona 500 kV kuchlanishli va 12 dona 220 kV kuchlanishli havoli o‘chirgichlar o‘rniga zamonaviy elegaz o‘chirgichlar o‘rnatildi;

   ♦   2 dona 500 kV kuchlanishli ajratkich va 11 dona 220 kV kuchlanishli ajratkichlar almashtirildi;

   ♦   3 dona 500 kV kuchlanishli tok transformatori hamda 21 dona 220 kV kuchlanishli tok transformatorlari almashtirildi;

   ♦   6 dona 500 kV (OPN) razryadniklar va 9 dona 220 kV (OPN) razryadniklar almashtirilib, ishga tushirildi.

Joriy yilning 11-may kuni 500/220/10 kV “Lochin” podstansiyasining quvvatini oshirish hamda aholini ishonchli elektr energiyasi bilan taminlash maqsadida mavjud AT-2 3x167 MVAli avtotransformatorlar o‘rniga 3x267 MVA quvvatli yangi avtotransformatorlar ishga tushirildi. Buning natijasida podstansiyada qo‘shimcha 300 MVA quvvat yaratildi. Hozirda podstansiyaning umumiy o‘rnatilgan quvvati 1302 MVA yetkazildi.

Eslatib o‘tamiz: 2024yilning yakuniga qadar AT-1 3x167 MVAli avtotransformatorlar o‘rniga 3 x 267 MVA quvvatli yangi avtotransformatorlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida podstansiyada qo‘shimcha 300 MVA quvvat yaratiladi. Ishlar yakunlangandan so‘ng podstansiyaning umumiy quvvati 1602 MVA ga yetkaziladi.

 

 

Baxtiyorjon Obidov, «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

 

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>