Yangiliklar
“Farg‘ona MET” filiali: 500/220/10 kV kuchlanishli “O‘zbekiston” podstansiyasida taktik-o‘quv mashqlari o‘tkazildi
  • 13.05.2024
  • 63

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 22-yanvardagi 1-sonli buyrug‘iga asosan,“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2024-yil 05-fevraldagi 1-son buyurug‘i hamda “Farg‘ona MET” filialining 2024-yil 16-fevral kunidagi KSh–33-son buyurug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 500/220/10 kV kuchlanishli “O‘zbekiston” podstansiyasida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati va qutqaruv tuzilmalarining harakatlari” mavzusida taktik-o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

“Obyekt ishchi-xizmatchilari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda, ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzu yo‘nalishidagi maxsus taktik-o‘quv mashqlarida Farg‘ona viloyatida faoliyat olib borayotgan boshqa tuzilma va xizmat vakillari ham faol ishtirok etishdi.

O‘quv mashqi quyidagi o‘quv nuqtalarida amalga oshirildi:

1-o‘quv nuqtasi podstansiya bilan yaqindan tanishish va fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda podstansiya ishchi xodimlarining saf ko‘rigi.

2-o‘quv nuqtasida Podstansiyasida yer silkinishi oqibatida AT-1 167000 kVA F“A” transformatorida qisqa tutashuv sodir bo‘lgani va uning oqibatida yong‘in kelib chiqqani faraz qilindi. Mas’ul xodimlar tomonidan obyektda yong‘in ko‘lamini kengayib ketmasligi choralari ko‘rildi va yong‘inni to‘liq bartaraf etish ishlari amalga oshiriladi. Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi brigadasi tomonidan yong‘in bartaraf etildi.

3-o‘quv nuqtasida 500/220/10 kV kuchlanishli “O‘zbekiston” podstansiyasida no’malum shaxslar tomonidan hujum bo‘lgani faraz qilindi. Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan tartibbuzarlarni qo‘lga olish va Milliy gvardiya xodimlariga topshirish tadbirlari amaliy harakatlarda ko‘rsatib berildi. O‘quv mashqi davomida jabrlanganlarni xavfsiz hududga olib chiqish va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari fuqaro muhofazasi tuzilmalari tomonidan amalga oshirildi.

O‘quv mashg‘ulotida, O‘zbekiston tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘linmasi boshlig‘i mayor D.Madaminov, “Ozbekiston MET”AJ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi bosh mutaxasisi U.Rahmatov va “Farg‘ona MET” filiali Xavfsizlik va maxsus ishlar guruhi yetakchi muhandisi O.Saidov kuzatuvchi sifatida ishtirok etib, obyekt rahbariyatining favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qarorlarini va o‘quv mashqidagi amaliy harakatlarini baholab bordi.

Obyekt rahbariyatidan 2 nafar fuqaro muhofazasi tuzilmalaridan 31 nafar shaxsiy tarkib hamda O‘zbekiston tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limidan 1 ta texnika va 5-nafar xodim, tuman tez tibbiy yordam bo‘limidan 1 ta texnika va 3 nafar xodim, Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasiO‘zbekiston tumani Qo‘riqlash bo‘limidan 1 ta texnika va 5 nafar xodim, “Farg‘ona MET” filialidan 1 ta maxsus texnika ishtirok etdi.

O‘quv mashqi yakunida Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining qidiruv-qutqaruv guruhini tayyorgarligini oshirish, Vaziyatni baholovchi guruhining harakatlarini yaxshilash, tuzilmalarning asbob-anjomlarini takomillashtirish hamda boyitish borasida tavsiya hamda takliflar berildi.

✍️  “Farg‘ona MET” filiali Xavfsizlik va maxsus ishlar guruhi

 

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>