Yangiliklar
14-may, seshanba kuni AOKAda o‘tkazilishi rejalashtirilgan brifinglar:
  • 14.05.2024
  • 30

14-may, seshanba kuni AOKAda o‘tkazilishi rejalashtirilgan brifinglar:


Mavzu: Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyati

Vaqti: 10:00

Ishtirok etadi: Aziz Obidov, Oliy sud axborot xizmati rahbari


Mavzu: “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish bo‘yicha o‘tkazilgan auksion savdolari

Vaqti: 12:00

Ishtirok etadi: Zohirshoh Jo‘rayev, "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJ boshqarma boshlig‘i


Mavzu: Yuqori kuchlanishli podstansiya hamda magistral elektr tarmoqlarida olib borilayotgan mukammal  va  joriy  taʼmirlash  ishlari

Vaqti: 14:00

Ishtirok etadi: Ulug‘bek O‘rinov, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ axborot xizmati rahbari

 

Manba: https://t.me/aoka_uz/10844

"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>